«Liverpul»ga o‘tgan futbolchiga «Nyukasl»dan ham taklif bo‘lgan
Italiyaning «Parma» klubi bosh direktori Federiko Kerubini markaziy himoyachi Jovanni Leonining «Liverpul»ga o‘tishi tafsilotlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Men har doim uni jamoada olib qolishni xohlayotganimizni aytardim va u har doim bu yerda qolishdan xursand bo‘lishini aytardi. Biz hatto «Nyukasl»ning oxir-oqibat «Liverpul» qilganidan ko‘ra foydaliroq bo‘lgan taklifini rad etdik», – deya Kerubinining so‘zlarini keltiradi Gazzetta di Parma.
Kerubinining ta’kidlashicha, Leonining APLga ketishiga «Liverpul»dek mashhur klubga o‘tish imkoniyatidan xursand bo‘lgan futbolchining istagi sabab bo‘lgan. Bu mavsumda 18 yoshli futbolchi yangi jamoasi safida hali maydonga tushmadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/