«Lill» yangi transfer e’lon qildi
Fransiya chempionatida 3-o‘rinda borayotgan «Lill» klubi «NEK Neymegen» klubi chap qanot himoyachisi Kalvin Verdonk bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Bu haqda jamoaning rasmiy saytida xabar berildi.
Verdonk Niderlandiyada tug‘ilgan va deyarli butun faoliyati davomida faqat mahalliy klublarda, jumladan, «Feyenoord»da o‘ynagan, ammo terma jamoalar darajasida 28 yoshli futbolchi Indoneziya sharafini himoya qiladi (FIFA reytingida 118-o‘rin). U esa 11 yil oldin Niderlandiya o‘smirlar terma jamoasi safida Yevropa chempioni bo‘lgandi.
O‘tgan mavsumda Verdonk klub miqyosida 36 ta o‘yinda maydonga tushdi, 10 ta ogohlantirish oldi, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yangi mavsumda u 4 ta o‘yinda 1 ta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/