Ko‘chirmachi Syurix klubi
Shveysariyaning mahalliy to‘rtinchi divizionida to‘p tepadigan Syurix klubini futbol plagiati qiroli deb atash mumkin.
Birinchidan, nomning o‘zi bunga ishora qiladi – «Yuventus yoshlari». Lekin negadir bu klub “Barselona”ning formasini yaxshi ko‘radi.
Bu mavsum uchun ular tanlagan libos «Barselona»ning 2022/2023 yilgi mavsumida foydalangan uchinchi libosining aniq nusxasidir.
Faqat homiy nomi o‘zgartirilib, tegishli emblema yopishtirilgan. Klub vise-prezidenti Pyero Bauyer kataloniyaliklardan ularning formasidan foydalanish uchun ruxsat so‘raganini aytdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/