Brunu Fernandesh qachon «Manchester Yunayted»dan ketish imkoniyatini ko‘rib chiqishi ma’lum
Brunu Fernandesh kelasi yozda «Manchester Yunayted»ni tark etishi mumkin.
Daily Mail nashri xabariga ko‘ra, yarim himoyachi yana bir mavsumni APLda o‘tkazmoqchi va jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rishda ortiqcha qiyinchiliklarga duch kelmaydi.
JCH-2026dan keyin u boshqa variantlarni, jumladan, Saudiya Arabistoni, AQSH klublari va Yevropaning boshqa top-ligalari takliflarini ko‘rib chiqishga tayyor bo‘ladi.
Portugaliyalik «MYU» safida 2019/20 yilgi mavsumdan buyon to‘p tepib kelmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/