De la Fuente: «Joan Garsiyaning Ispaniya terma jamoasi tarkibiga kirishi oson bo‘lmaydi»
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente «Barselona» darvozaboni Joan Garsiya haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Joan Garsiya? 23 kishilik kengaytirilgan tarkibga kirish oson emas, hozir jamoada bo‘lganlarni chetlab o‘tish oson emas, chunki dunyoning eng zo‘r 10 ta darvozabonidan 6 yoki 7 tasi ispaniyalik. Hozirgi terma jamoamizdagi darvozabonlar ko‘proq tajribaga ega», – dedi de la Fuente.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/