Kukurelya «Chelsi»dagi kelajagiga oydinlik kiritdi
«Chelsi» himoyachisi Mark Kukurelya Saudiya Arabistoniga o‘tishi haqidagi mish-mishlar fonida o‘z klubi bilan yangi shartnoma borasida kelishib olganini ma’lum qildi.
27 yoshli futbolchi 2022 yildan buyon «Chelsi» sharafini himoya qilib kelmoqda.
«Ha, ish bitdi. Biz buni allaqachon qildik. Men juda baxtliman. Klub menga ishonch bildirdi va men bu yerda ekanimdan juda xursandman. Umid qilamanki, mavsumni ajoyib o‘tkazaman», – deya Kukurelyaning so‘zlarini keltiradi BBC.
Himoyachi 2024/25 yilgi mavsumda «Chelsi» safida barcha musobaqalarda 54 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U bu mavsumda APLning ikki o‘yinida ishtirok etdi va golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/