Saudiya Arabistoni Superkubogi. «An-Nasr» penaltilar seriyasida «Al-Ahli»ga yutqazdi

«An-Nasr» Saudiya Arabistoni Superkubogi finalida «Al-Ahli»ga mag‘lub bo‘ldi – 2:2, penaltilar seriyasida – 3:5. Uchrashuv «Gonkong» stadionida bo‘lib o‘tdi.

Asosiy vaqtda Ar-Riyod jamoasi safida Marselo Brozovich va Krishtianu Ronaldu gol urishdi, Krishtianu penaltini aniq amalga oshirdi va to‘rtta turli klubda 100+ gol urgan tarixdagi birinchi futbolchiga aylandi. Jidda jamoasining gollariga Frank Kessi va Rojer Ibanyes mualliflik qildi. Penaltilar seriyasida «Al-Ahli»ning qo‘li baland keldi. «An-Nasr» safida Abdulla Al-Xaybari penaltidan gol ura olmadi.

Saudiya Arabistoni Superkubogi-2025da «Al-Ittihod» va «Al-Qodisiya» jamoalari ham ishtirok etishdi.

Manba: www.stadion.uz.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter