APL grandi «Real» tarbiyalanuvchisi Pasga yangi taklif tayyorlamoqda

«Tottenxem» «Komo» hujumkor yarim himoyachisi Nikolas Pas bo‘yicha yangi transfer taklifi bilan chiqadi.

Oy boshida «shporlar» 20 yoshli futbolchi uchun taxminan 40 mln yevro taklif qilgan, ammo italyan klubi rad javobini bergandi. Insayder Janluka di Marsioning yangilangan hisobotida aytilishicha, tez orada «Tottenxem» argentinalik istiqbolli futbolchi uchun yaxshilangan taklif bilan qaytadi. Eslatib o‘tamiz, futbolchini sotib olishning asosiy huquqi u Italiyaga ko‘chib o‘tgunga qadar to‘p tepgan «Real»da saqlanib qolmoqda.

Manbaga ishonadigan bo‘lsak, «Komo» Nikolas Pas uchun taxminan 70 mln yevro so‘ramoqda. «Tottenxem» «qaymoqranglilar» tarbiyalanuvchisini og‘ir jarohat olgan Jeyms Meddisonning o‘rinbosari sifatida ko‘rmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter