«Inter» Pavar o‘rniga Veygani olishi mumkin
Milanning «Inter» klubi markaziy himoyachisi Benjamin Pavar yozda jamoani tark etishi mumkin. Unga Saudiya va Yevropadan bir qancha takliflar bor.
La Gazzetta Dello Sport xabariga ko‘ra, Pavar jamoadan ketgan taqdirda «neradzurrilar» markaziy himoyaga «Chelsi»dan Renatu Veygani olib kelishi mumkin.
«Aristokratlar» o‘z futbolchisini 30 million yevroga baholamoqda va hozirda u bo‘yicha «Vilyarreal» bilan muzokaralar olib bormoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/