Kazemiro «Manchester Yunayted»dagi kelajagi haqida fikr bildirdi

«Manchester Yunayted» tayanch yarim himoyachisi Kazemiro jamoada baxtli ekanligini aytdi.

«Men bu yerda juda baxtliman. Oilam ham bu yerda baxtli. Karringtonda va «Old Trafford»da o‘tkazgan har bir kunimdan zavq olaman. Odamlar nima deyishidan qat’i nazar, menga bu qiziq emas. Men faqat g‘alabalarga e’tibor qaratishni xohlayman», – dedi 33 yoshli futbolchi.

Kazemironing mankunianliklar bilan shartnomasi 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter