«Arsenal» «Manchester Yunayted» darvozasiga qatorasiga 10-o‘yinda gol urdi
Londonning «Arsenal» klubi barcha musobaqalarda «MYU» bilan o‘zaro o‘yinlardagi golli seriyasini 10 taga yetkazdi. 17 avgust kuni Angliya Premyer-ligasining 1-turida «kanonirlar» safarda «Manchester Yunayted» mehmoni bo‘lib, o‘yinning 13-daqiqasida himoyachi Rikkardo Kalafyorining goli evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
«Arsenal» va «MYU» o‘rtasidagi rasmiy o‘yinda londonliklar raqib darvozasini ishg‘ol qila olmagani so‘nggi bor 2021 yilning 30 yanvarida bo‘lib o‘tgan, o‘shanda «to‘pchilar» APL-2020/2021 21-turida o‘z maydonida 0:0 hisobida durang qayd etgandi. Shundan so‘ng, «kanonirlar» mankunianliklarga doimiy ravishda kamida 1 ta gol urib kelishmoqda – uch marta uchtadan gol, ikki marta ikkitadan va besh marta bittadan gol.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/