«Tottenxem» yaqin ikki kun ichida yuqori darajadagi transferni yakunlaydi
Avvalroq ma’lum bo‘lganidek, «Kristal Pelas» hujumkor yarim himoyachisi Eberechi Eze «Tottenxem»ga o‘tishga yaqin turibdi. BBC Sport xabariga ko‘ra, «shporlar» rahbariyati angliyalik futbolchini sotib olish jarayonini tezlashtirmoqchi.
Manbaga ko‘ra, «Tottenxem» yaqin 48 soat ichida Ezening transferi bo‘yicha kelishuvni yopishga umid qilmoqda. «Kristal Pelas» bosh murabbiyi Oliver Glasner ehtimoliy transfer tufayli ertaga «Chelsi»ga qarshi o‘yinda futbolchidan foydalanmaydi.
Futbolchining o‘zi klubini o‘zgartirishga rozi bo‘lgan. «Shporlar» Eze bilan uning bo‘lajak shartnomasi shartlarini muhokama qilib bo‘lishgan.
O‘tgan mavsumda xavbek «Kristal Pelas» safida 43 ta o‘yinda 14 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt Ezeni 55 mln yevroga baholamoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/