«Manchester Yunayted»ga «Chelsi» futbolchilari kerak emas
«Chelsi» «Manchester Yunayted»dan Alexandro Garnachoni sotib olishni xohlamoqda va o‘z o‘yinchilaridan birini argentinalik futbolchiga almashishga tayyor.
Klublar argentinalik qanot vingeri narxi bo‘yicha hali kelishuvga erishmagan, shu bois «ko‘klar» «qizil iblislar»ga o‘z futbolchilarini bitimning bir qismi sifatida taklif etgan.
Insiyder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, Garnacho evaziga mankunianchilar hujumchilar Nikolas Jekson va Kristofer Nkunku, shuningdek, himoyachilar Aksel Disasi va Renatu Veygadan birini olishlari mumkin edi. «Manchester Yunayted» yuqorida tilga olingan to‘rt nomzoddan birini tanlash imkoniyatiga ega bo‘lsa-da, bunday taklifga qiziqish bildirmadi. Aksincha, ular mablag‘larni boshqa pozisiyalarni kuchaytirish uchun qayta sarflashni rejalashtirganliklarini ma’lum qilishdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/