Vitsel «Jirona»ga o‘tadi
«Atletiko»ning sobiq himoyachisi Aksel Vitsel erkin agent sifatida «Jirona»ga o‘tadi.
36 yoshli belgiyalik futbolchi tez orada ispan klubi bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi.
«Jirona» bosh murabbiyi Michel Vitselni tayanch yarim himoyachi sifatida ishlatishni rejalashtirmoqda, «Atletiko»da esa sobiq «Zenit» yarim himoyachisi markazda o‘ynadi.
Vitselning «Udineze»ga o‘tishi oldinroq muvaffaqiyatsizlikka uchragandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/