«Real» hujumchisi bilan shartnomani uzaytiradi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Gonsalo Garsiya klub bilan yangi shartnoma imzolaydi.

Ispaniyalikning amaldagi kelishuvi 2027 yil o‘rtalarida tugaydi, biroq u tez orada uzaytirilishi kutilmoqda. Marca xabariga ko‘ra, 21 yoshli hujumchi bilan shartnomani uzaytirish deyarli muqarrar – tomonlar kelishuvga erishish arafasida.

Gonsalo Garsiya «qaymoqranglilar»ning asosiy jamoasi safida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Yosh futbolchi yozda bo‘lib o‘tgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zini ko‘rsatdi va turnirning oltita uchrashuvida to‘rtta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

19 avgust kuni Xabi Alonso jamoasi La Liga 1-turi doirasida o‘z maydonida «Osasuna»ga qarshi bahs olib boradi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter