«Atletiko» sobiq futbolchisi A Seriya klubi bilan shartnoma imzolaydi

«Atletiko» sobiq himoyachisi Aksel Vitsel faoliyatini Italiyada davom ettiradi, deya xabar bermoqda La Derniere Heure.

Manbaga ko‘ra, «Udineze» yozda erkin agentga aylangan 36 yoshli belgiyalik bilan shartnoma borasida kelishib olgan. Futbolchiga «Betis», «Xetafe» va «Rayo Valyekano» klublari ham qiziqish bildirgan.

2024/25 yilgi mavsumda Vitsel barcha turnirlarda 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter