Shveysariyalik yarim himoyachi faoliyatini B Seriyada davom ettiradi
«Bolonya» sharafini himoya qilayotgan shveysariyalik yarim himoyachi Marsel Ebisher Italiyaning boshqa jamoasiga ko‘chib o‘tdi. Xavbek ijara asosida «Piza» sharafini himoya qiladi, deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.
Tomonlar o‘rtasidagi mehnat shartnomasi joriy mavsum yakunida tugaydi. Kelishuvda ma’lum shartlar bajarilgan taqdirda o‘yinchini sotib olish mumkinligi haqida band bor.
Ebisher 2022 yilda «Bolonya» safiga o‘tgandi. Yarim himoyachi Italiya jamoasi safida 102 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Uning bozor narxi 7,5 million yevroni tashkil etadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/