Gavi Yamalning «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishiga umid qilmoqda

Gavi Lamin Yamal mavsum yakunida «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishiga umid bildirdi. «Barselona» vingeri La Liganing o‘tgan mavsumida 9ta gol va 13ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

– Lamin Yamal «Oltin to‘p»ni qo‘lga kirita oladimi?

«Umid qilamanki, yutadi. Agar bu mavsumda bunday bo‘lmasa ham, u atigi 18 yoshda. U hali juda yosh. Ajoyib futbolchi. U kundan-kunga ko‘chayib bormoqda. U mashg‘ulotlarda ajoyib. Shu ruhda, shu kayfiyatda davom etishi kerak.

Ishonchim komilki, agar u bu mavsumda «Oltin to‘p»ni qo‘lga kirita olmasa, kelajakda yana ko‘p marta g‘alaba qozonadi», – dedi «Barselona» yarimhimoyachisi Gavi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter