Garnacho APLda qolmoqchi
«Manchester Yunayted» vingeri APLning boshqa klubiga o‘tmoqchi.
The Mirror xabariga ko‘ra, Alexandro Garnacho bu yozda klubini o‘zgartirishi mumkin, chunki u endi Ruben Amorimning kelajak rejalarining bir qismi emas.
Argentinalik futbolchi «Chelsi»ga o‘tmoqchi, garchi «ko‘klar» uning 40 million funt sterling narxini hisobga olib, uning transferi borasida muzokara olib borishga shoshilmayapti.
Avvalroq Garnachoga «Napoli» qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Alexandro Garnacho 2024/25 yilgi mavsumda “Manchester Yunayted” safida 58 ta o‘yinda 11 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/