Tomas Myullerga MLS’ning yana bir jamoasi da’vogarga aylandi

«Bavariya»ning sobiq hujumchisi Tomas Myuller MLSning yana bir klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Nemis futbolchisi bilan «Vankuver Uaytkeps» muzokara olib bormoqda. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar bermoqda. Avvalroq, 35 yoshli forvard faoliyatini okeanortida davom ettirishini tasdiqlagandi.

Tomas Myuller joriy oyda «Bavariya»ni tark etdi – Myunxen grandi o‘z afsonasiga yangi shartnoma taklif qilmaslikka qaror qildi. Futbolchiga Avstraliyaning «Sidney» klubi ham qiziqish bildirgan.

«Vankuver Uaytkeps» 23 ta o‘yindan so‘ng 42 ochko to‘plagan holda MLS G‘arbiy konferensiyasi turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter