«PSJ» 70 mln yevro narx belgilangan futbolchini nishonga oldi
«Pari Sen-Jermen» klubi «Monako» vingeri Magnes Akliushga da’vogarlik qilmoqda. 23 yoshli futbolchi Parij grandining joriy transfer oynasidagi ustuvor maqsadlaridan biri, ammo monakoliklar tomonidan o‘rnatilgan katta narx – 70 million yevro – kelishuvni murakkablashtirmoqda, deb yozadi jurnalist Romyen Kolle. Futbolchining o‘zi Luis Enrike jamoasiga o‘tishga tayyor.
Transfermarkt portali tomonidan Magnes Akliushning narxi 45 mln yevroga baholanmoqda, fransuzning amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. O‘tgan mavsumda «Monako» tarbiyalanuvchisi qadrdon klubi sharafini himoya qilib, 43 ta o‘yinda maydonga tushdi va 7 ta gol hamda 12 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/