«MYU» Onanaga o‘rinbosar qidirishda davom etmoqda. Navbatdagi nomzod ma’lum

«Manchester Yunayted» yozgi transfer oynasida Andre Onanaga o‘rinbosar izlashda davom etmoqda.

talkSPORT xabariga ko‘ra, «qizil iblislar» «Antverpen» darvozaboni Sen Lammensga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirdi.

Belgiya klubi 23 yoshli golkiperni 17 million yevroga sotishga tayyor.

Darvozabon «Antverpen» safida jami 60 ta o‘yinda 82 ta gol o‘tkazib yuborgan va 12 ta «quruq» o‘yin qayd etgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter