«Monako» hujumchisi bilan shartnomani uzaytirdi
«Monako» klubi hujumchi Mika Biyeret bilan yangi shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Bitim 2030 yilgacha mo‘ljallangan.
22 yoshli daniyalik qishda «Shturm»dan 13 million yevro evaziga knyazlik klubiga ko‘chib o‘tgan edi. Yarim yil ichida u Fransiya chempionatining 16 o‘yinida 13 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
U bungacha «Arsenal», «Mazruell», «Fulxem» va «Valveyk» klublarida to‘p tepgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/