Osimxen «Manchester Yunayted»ga o‘z javobini aytdi
«Napoli» hujumchisi Viktor Osimxen faoliyatini qaysi klubda davom ettirishini hal qilib bo‘lgan. 26 yoshli futbolchi transfer shartlari bo‘yicha neapolliklar bilan muzokaralarni davom ettirayotgan «Galatasaroy»ga o‘tishni istamoqda. Jurnalist Pedru Almeydaning ma’lumotiga ishonadigan bo‘lsak, yaqinda hujumchiga «Manchester Yunayted» qiziqish bildirayotgan edi, ammo nigeriyalik mankunianliklar safiga o‘tishdan bosh tortdi va faqat «Galatasaroy»da o‘ynashni istashini ma’lum qildi.
Viktor Osimxenning «Napoli» bilan shartnomasida ko‘rsatilgan tovon puli – 75 mln yevro. Turk grandi bu summani to‘lashga tayyor, lekin qismlarga bo‘lib. Klublar hali bitim tuzilishini kelishib olishi kerak, futbolchining o‘zi bilan esa kelishuvga erishilgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/