Rodrigoning «Real»dagi taqdiri nima bo‘ladi?
«Real» hujumchisi Rodrigo muntazam ravishda transfer mish-mishlarining qahramoni bo‘lib kelmoqda. Braziliyalik futbolchining klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi kam o‘yin amaliyoti ehtimoliy transfer haqidagi gap-so‘zlarni yanada kuchaytirdi.
Marca nashriga ma’lum bo‘lishicha, ayni damda «Real»da hech kim Rodrigoga chiqish eshiklarini ko‘rsatmagan. Va eng muhimi, 24 yoshli braziliyalikning o‘zi hozircha jamoada qolishni va u bilan muvaffaqiyatlarga erishishni rejalashtirmoqda.
Qolaversa, manbaga ishonadigan bo‘lsak, Rodrigo va «Real» o‘rtasida yaqin kelajakda hech qanday muzokaralar rejalashtirilmagan.
Darvoqe, Rodrigoning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/