To‘purar hujumchi nega Angliyaga ketishni istayotganini tushuntirdi
Portugaliyaning «Sporting» klubi forvardi Viktor Dyokeresh faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirmoqchi, uning xizmatlariga Londonning «Arsenal» klubi qiziqish bildirmoqda.
«APL – eng yaxshi futbol chempionatlaridan biri. Men u yerda bir necha yil bo‘ldim, lekin birorta ham o‘yin o‘tkazmadim. Shuning uchun qaytishni istardim. Bu o‘ch olishning ajoyib shakli bo‘ladi,» – deya skandinaviyalik to‘purarning so‘zlarini keltiradi Lequipe.
27 yoshli shvesiyalik futbolchi «Sporting» bilan 2028 yilning yarmigacha shartnoma majburiyatlariga ega. Transfermarkt portali forvardning bozor narxini 75 million yevroga baholamoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/