Aleksis Sanches «Udineze» bilan shartnomasini muddatidan oldin yakunlamoqchi

«Udineze»ning chap yarim himoyachisi Aleksis Sanches jamoani tezroq tark etmoqchi, deya xabar beradi insayder Nikolo Skira.

Manbaning xabariga ko‘ra, 36 yoshli chililik kelasi yozgacha mo‘ljallangan shartnomasini muddatidan avval yakunlamoqchi.

Sanches o‘tgan yozda erkin agent sifatida «Udineze»ga o‘tgandi. U o‘tgan mavsumda 14 ta o‘yinda gol ura olmagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter