8 yillik tanaffusdan so‘ng ilk bor Yevropa kubogida turkmanistonlik futbolchi maydonga tushdi
Turkmaniston terma jamoasi yarim himoyachisi Teymur Chariyev Yevropa kuboklarida debyut qildi.
Chariyev o‘yinga 68-daqiqada qo‘shildi. Natijada uning jamoasi — «Torpedo-BelAZ» Konferensiyalar Ligasi saralashining birinchi bosqichi birinchi o‘yinida Makedoniyaning «Rabotnichki» klubini 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
Turkmaniston futbolchisi oxirgi marta Yevropa klub musobaqalarida 2017 yil iyul oyida qatnashgan edi — o‘shanda Chexiyaning «Slaviya» klubi hujumchisi Ruslan Mingazov Chempionlar Ligasi saralash bosqichida Belarusning BATE jamoasiga qarshi o‘yinda 15 daqiqa maydonda harakat qilgan. Uning jamoasi 1:0 hisobida g‘alaba qozongan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/