«Barselona» Voysex Shesni bilan shartnomani uzaytirganini e’lon qildi

Polshalik darvozabon Voysex Shesni «Barselona» bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda «ko‘k-anorranglilar» matbuot xizmati xabar bermoqda. Yangi bitimning amal qilish muddati ikki yilga, 2027 yil yozining o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, Shesni o‘tgan yilning oktyabr oyida «Barselona» tarkibiga qo‘shilgan edi. U og‘ir jarohat olgan Mark-Andre ter Shtegenning o‘rnini bosish uchun faoliyatini davom ettirdi. Jarohat sabab nemis mavsum oxirigacha safdan chiqqan edi.

Shesni 35 yoshda, u o‘tgan mavsumda «Barselona» safida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, shundan 14 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Mavsum yakunlariga ko‘ra, «Barselona» Shesni bilan Primera, Kubok va Ispaniya Superkubogida g‘alaba qozonib, Chempionlar Ligasi yarim finaliga yetib bordi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter