Kroos: «Modrich jismonan avvalgiday emas, lekin u hech qachon o‘ziga xos mahoratini yo‘qotmaydi»

«Real»ning sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos «Los-Blankos»ning 39 yoshli yarim himoyachisi Luka Modrich yoshi katta bo‘lishiga qaramay, o‘zining noyob futbol fazilatlarini yo‘qotmasligini ta’kidladi.

«U hech qachon to‘p bilan o‘ynash qobiliyatini yo‘qotmaydi, bunga shubham yo‘q. Luka har doim o‘ziga xos futbolchi bo‘lgan. Ochig‘i, jismonan u avvalgidek emas, bu normal holat, u 40 yoshga yaqinlashib qoldi.

Shu boisdan so‘nggi yillarda u kamroq o‘ynay boshladi, bu ham normal holat. Biroq, Luka o‘ynashda davom etmoqda, u o‘zini yaxshi ushlab turadi va o‘z hissasini qo‘shadi. Menimcha, eng muhimi Modrich nafaqat maydonda, balki undan tashqarida ham futbolchilik hayotidan zavq oladi. Jamoa bilan birga bo‘lish, sayohat qilish, o‘ynash… U hech qachon oyoqlari qila oladigan mahoratni yo‘qotmaydi», – deydi Kroos.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter