Gonsalo Garsiya: «4 ta gol urishimni tasavvur ham qilib bo‘lmasdi»
Gonsalo Garsiya klublar o‘rtasidagi jahon chempionati to‘purarlari poygasidagi peshqadamligini baholadi.
«Real Madrid» forvardi turnirda 4 ta gol urdi. Xuddi shuncha golga Seru Girasi (“Borussiya”), Markos Leonardo (“Al-Hilol”) va Anxel Di Mariya (“Benfika”) mualliflik qilishdi.
«Turnirda to‘rtta gol urish mening tasavvurimga ham sig‘masdi. G‘alabadan, qilingan ishlardan va yarim finalga chiqqanimdan juda xursandman», dedi futbolchi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/