Markinyos «PSJ»ning g‘alabasiga izoh berdi

Fransiyaning «PSJ» klubi sardori Markinyos klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining chorak finalida Myunxenning «Bavariya» klubi ustidan qozonilgan g‘alaba haqida gapirdi.

Uchrashuv 2:0 hisobida yakunlandi. Parijliklar o‘yinni 9 kishi bo‘lib yakunladi. 82-daqiqada Pacho, 92-daqiqada Ernandes maydondan chetlatildi.

«Sizda bitta o‘yinchi ko‘proq yoki kamroq bo‘lsa, bu ko‘p narsani o‘zgartiradi. Chetlatishdan keyin sheriklarimga qaradim. Hamma oxirigacha himoyalanamiz deyishganini ko‘rdim. O‘sha paytda g‘alaba qozonishimizga ishonchim komil edi,» – deya Markinyosning so‘zlarini keltiradi FIFA rasmiy sayti.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter