Niko Uilyams qachon «Barselona»ga o‘tishga qaror qilgandi?
«Atletik» vingeri Niko Uilyams yozda katta ehtimol bilan «Barselona» futbolchisiga aylanadi.
Sport nashri xabariga ko‘ra, 22 yoshli ispaniyalik futbolchi bunday qarorga terma jamoa yig‘ini chog‘ida, Millatlar ligasi finali oldidan, Yamal, Pedri va Fermin kabi «Barselona»dagi futbolchilar bilan uchrashganda qabul qilingan.
«Ko‘k-anorranglilar» Uilyams uchun 58-62 million yevro tovon puli to‘lashadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/