Kompani kelasi mavsum uchun bir tilak bildirdi

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani jamoasining o‘yini haqida gapirdi.

2024/25 yilgi mavsumda myunxenliklar Bundesliga g‘olibi bo‘lishdi, ammo Chempionlar Ligasi va Germaniya Kubogida muvaffaqiyatga erisha olishmadi.

«Bu mavsum ko‘rsatganidek, deyarli barcha o‘yinlarda raqiblardan ustun edik, doim ustunlik qildik. Biroq, albatta, sovrinlar yutishimiz kerak. Buning uchun muhim o‘yinchilar formada bo‘lishi kerak. Kelajakka bir tilak tilay olsam, barcha futbolchilarimiz mavsumning muhim pallalarida formada bo‘lishini istardim. Kichik nyuanslar ko‘pincha muhim turnirlarda muhim rol o‘ynaydi,» – dedi Kompaniya matbuot anjumanida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter