“Al-Hilol” Osimxen va Teo Ernandes uchun takliflarni yaxshilaydi

Nikolo Skiraning so‘zlariga ko‘ra, «Al-Hilol» «Napoli» hujumchisi Viktor Osimxen va «Milan»ning chap qanot himoyachisi Teo Ernandes bo‘yicha takliflarni yaxshilagan.

Saudiya klubi o‘yinchilar bilan shartnoma imzolay olishiga ishonchi komil va yaqin kunlarda buni amalga oshirishni xohlaydi.

Avvalroq “Al-Hilol” “Milan” va “Napoli” klublari bilan Ernandes va Osimxenning transferi bo‘yicha kelishuvga erishgani, biroq futbolchilar bu transferdan voz kechgani haqida xabar berilgandi.

Joriy mavsumda Viktor “Galatasaroy”da ijara asosida 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 37 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Teo 2024/25 yilgi mavsumda klub safida 49 o‘yinda 5 gol va 6 golga assistentlik qilgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter