«Roma» islandiyalik yarim himoyachini nishonga oldi
Fransiyaning «Lill» klubi sharafini himoya qilayotgan islandiyalik xavbek Arnar Xaraldsson Fransiya chempionatidan Italiya A Seriyasiga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, 22 yoshli futbolchining xizmatlariga «Roma» qiziqish bildirmoqda. Islandiyalik futbolchini «bo‘rilar»ning yangi sport direktori Frederik Massara o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Xaraldsonning bozor narxi 18 million yevroga baholanmoqda. Futbolchining «Lill» bilan shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/