«Barselona»da Fatining kelajagi haqida fikr bildirildi

«Barselona» sport direktori Deku jamoa vingeri Ansu Fatining ketishi haqida gapirdi.

Avvalroq, futbolchi «Monako»ga ijara asosida o‘tishga yaqin ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

«Yoshi va faoliyatini inobatga olsak, Ansu Fati o‘yin amaliyotisiz o‘tira olmaydi. Lekin u ketsa, ijaraga ketadi. U 23 yoshda, lekin odamlar u haqida 30 yoshda deb gapirishadi. U hali o‘sishi va o‘rganishi kerak bo‘lgan narsalar ko‘p,» – deya Dekuning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter