Palmer nega AQSHga maska taqib borganini aytdi

Londonning «Chelsi» klubi yetakchilaridan biri Koul Palmer nima uchun AQSHda bo‘lib o‘tayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati – 2025ga maskada uchib kelganini tushuntirdi.

«Menga samolyotlardagi hid yoqmaydi. Shuning uchun niqob taqaman. Shu xolos. Bosh murabbiy bu jihatni bilmaydi, men unga tushuntirganim yo‘q,» – deya yarim himoyachining so‘zlarini keltiradi The Sun tabloidi.

O‘tgan mavsumda 23 yoshli yarim himoyachi «aristokratlar»ning 37 ta o‘yinida qatnashib, 15 ta gol va 8 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter