Gattuzo Italiya MTJdagi maqsadini aytdi
Payshanba kuni Jennaro Gattuzoning Italiya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanishi munosabati bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Mutaxassis so‘zga chiqib, maqsadini aytdi.
«Bu orzu ushaldi. Vazifa oson bo‘lmaydi, lekin hayotda hech narsa oson emas. Aytishingiz mumkin bo‘lgan kam narsa – ishlash kerak.
Yillar davomida bizda sifatli o‘yinchilar yo‘qligini aytishardi. Mening maqsadim – Italiyani Jahon chempionatiga qaytarish. Biz uchun bu asosiy narsa», – dedi Gsattuzo.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/