Van Basten «Barselona»da Yamal uchun yangi pozisiyani tanladi
Niderlandiyalik afsonaviy hujumchi Marko van Bastenning fikricha, Kataloniyaning «Barselona» klubi 17 yoshli yulduzi Lamin Yamal boshqa pozisiyada o‘ynashi kerak.
«Lamin qanot hujumida o‘ynashi biroz achinarli. U yerda to‘pga yetarlicha egalik qilmayapti. Albatta, Yamal bu pozisiyada ham raqib uchun katta xavf tug‘dirmoqda. Ammo u hujum markazida o‘ynaganida, jamoasining o‘yiniga yanada ko‘proq ta’sir ko‘rsatgan bo‘lardi. O‘ylaymanki, bu uning faoliyatidagi navbatdagi qadam bo‘ladi,» – deya futbol afsonasining so‘zlarini keltiradi Voetbalzone.
O‘tgan mavsumda Lamin «ko‘k-anorranglilar»ning 55 ta o‘ynida ishtirok etdi. Hujumchi 18 ta gol va 25 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/