«Tottenxem» sobiq futbolchisi Postekogluni himoya qildi
«Tottenxem» klubi va Shveysariya terma jamoasining sobiq himoyachisi Ramon Vega Ange Postekogluning iste’fosi haqidagi mish-mishlarga keskin munosabat bildirdi.
Avstraliyalik mutaxassis Premyer-ligada muvaffaqiyatsiz mavsum o‘tkazganiga qaramay, Veganing fikriga ko‘ra, uning mahoratiga shubha yo‘q.
«Ange Postekogluni ishdan bo‘shatish haqida o‘ylashni ham o‘ta hurmatsizlik deb hisoblayman. U imkonsiz ishni amalga oshirdi – boshqa katta xizmat ko‘rsatgan odamlar erisha olmagan ishni», – deya Veganing so‘zlarini keltiradi Reuters.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/