Amorim bugungi mag‘lubiyatdan keyin: «Asosiysi futbolchilar jarohat olmadi»

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ruben Amorim ASEAN yulduzlariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (0:1) jamoasining mag‘lubiyati haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Ha, o‘rtoqlik o‘yini bo‘lsa-da, og‘riqli. Eng asosiysi jarohatlar bo‘lmadi. Bu qiyin maydon, lekin shunga o‘xshash o‘yinlarda g‘alaba qozonish kerak. O‘yin qanchalik muhim bo‘lmasin, bu sizning ichingizda bo‘lishi kerak. Eng muhimi, jarohatlarsiz ketish, lekin maydonning holati bahona emas, chunki biz yaxshiroq o‘ynashimiz kerak edi.

Uchrashuvdagi ijobiy daqiqalar? Yosh yigitlarning o‘yinlari menga yoqdi. Ular harakat qilishdi, men uchun bu yetarli. Ular tez-tez o‘ynashni xohlashadi, ammo biz hammaga vaqt berishimiz kerak edi. Ular ajoyib ish qilishdi» – dedi Amorim klub televideniyesiga bergan intervyusida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter