«Manchester Yunayted» «Vulverxempton»dan Semeduni sotib olmoqchi

«Vulverxempton» himoyachisi Nelson Semedu faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi Football Transfers.

Manbaga ko‘ra, 31 yoshli portugaliyalik futbolchiga «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda. Futbolchi yozda erkin agent sifatida transfer bo‘lishi mumkin.

2024/25 yilgi mavsumda Semedu 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta golga assistentlik qildi va 9 ta sariq kartochka ishlab oldi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter