Yamalning «Barsa» bilan yangi shartnomasi bo‘yicha maoshi 5 barobardan ko‘proq oshadi
«Barselona» vingeri Lamin Yamal amaldagi shartnomasiga ko‘ra mavsumiga 1,7 million yevro maosh oladi.
17 yoshli ispaniyalik futbolchi maosh bo‘yicha jamoada 20-o‘rinni egallab turibdi.
Insayder Nikolo Skiraning so‘zlariga ko‘ra, yangi hamkorlik shartnomasi imzolangandan so‘ng yarim himoyachi bonuslarni hisobga olmaganda yiliga 9 million yevro oladi. Bu uning hozirgi ishlayotganidan 5 baravar ko‘p.
Qayd etish kerakki, Yamal hozirgacha eng qimmat “Barselona” futbolchisi hisoblanadi. U 180 million yevroga baholangan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/