Deku Fatining kelajagi haqida fikr bildirdi
«Barselona» sport direktori Deku Kataloniya jamoasi vingeri Ansu Fati kelajagi haqida gapirdi.
«Futbolda oson vaziyatlar bo‘lmaydi – futbol bu futbol. Avvaliga u mavsumni ajoyib boshladi, keyin jarohatlar, keyin «Brayton»ga ijaraga berildi. U mavsum oldidan mashg‘ulotlarni ajoyib o‘tkazdi, chunki biz uni maydonga qaytarishni xohladik, lekin keyin yana jarohat oldi.
Har bir inson o‘z karyerasida nimani xohlashini o‘zi uchun baholaydi. Agar u ko‘proq o‘yin vaqti kerakligini his qilsa, biz buni muhokama qilamiz. Ansu amaldagi shartnomasiga ega futbolchi va biz undan mamnunmiz. Agar u rivojlanishni istasa, gaplashamiz», – dedi Deku Mundo Deportivo bilan suhbatda.
Avvalroq “Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Fatidan hafsalasi pir bo‘lgani va futbolchining tez orada jamoani tark etishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi.
2024/2025 yilgi mavsumda Fati kataloniyaliklar safida 11 ta o‘yin o‘tkazib, gol ura olmadi. Transfermarkt futbolchining narxini 5 million yevroga baholagan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/