Feliks 19 o‘yin deganda gol urdi
Joau Feliks golsiz seriyani to‘xtatdi.
«Chelsi»dan ijaraga olingan yarim himoyachi A Seriyaning 37-turida «Roma»ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi va 39-daqiqada gol urdi.
Portugaliyalik futbolchi «Milan» safida 20-o‘yinini o‘tkazmoqda va atigi ikkinchi golli harakatni amalga oshirdi. Birinchi gol 5 fevral kuni Italiya kubogida «Roma» darvozasiga urilgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/