«Bavariya» sport direktori Sanening yangi shartnomasi haqida gapirdi
«Bavariya» sport direktori Maks Eberl Leroy Sane bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralar haqida fikr bildirdi.
“Bugun u bizning taklifimizni hozirgi ko‘rinishida qabul qilmoqchi emasligini aytdi.
Ammo hech qanday ziddiyat yo‘q. Taklif o‘z kuchida qoladi va biz uning shartnomasini uzaytirmoqchi ekanligimizni aniq aytdik.
Menimcha, Leroy qolishni istaydi. Yaqin kunlarda nima bo‘lishini ko‘ramiz», dedi Eberl.
Avvalroq, jurnalist Florian Plettenberg Myunxen klubi vingerga yiliga taxminan 10 million yevro maosh va bonuslar bilan 3 yillik shartnoma taklif qilgani, buning natijasida umumiy summa 15,5 millionga oshishi mumkinligini xabar qilgandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/