Xabi Alonso «Bavariya» rekordini yangilagan holda «Bayer»ni tark etmoqda
«Bayer» Bundesligada safarda ketma-ket 34 o‘yinda mag‘lubiyatga uchramadi – bu yangi rekord.
Leverkuzenliklar hisobida 23 g‘alaba va 11 durang bor.
Joriy mavsumning so‘nggi turida «Bayer» safarda «Mayns» bilan durang o‘ynadi (2:2).
Xabi Alonso jamoasi Germaniya chempionatida mehmonda ketma-ket mag‘lubiyatsiz o‘yinlar seriyasi bo‘yicha «Bavariya» rekordini yangiladi.
Leverkuzenliklar ochkolarini 69 taga yetkazib, «Bavariya»dan (82 ochko) keyin ikkinchi o‘rinni egalladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/