Luis Enrike Karlo Anchelotti haqida gapirdi
«PSJ»ni boshqarayotgan ispaniyalik Luis Enrike Karlo Anchelottining Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanishi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
65 yoshli italiyalik mavsum yakunida «Real»ni tark etadi va 26 may kuni Braziliya terma jamoasida ish boshlaydi.
«Menimcha, Anchelotti kabi unvonlar ro‘yxatiga ega boshqa murabbiy yo‘q. U maydonda va uning tashqarisida jentlmen. Men Braziliyaga muvaffaqiyat tilamayman, chunki jamoam futbolchilari muvaffaqiyatga erishishini istayman. Italiyalik muvaffaqiyatli murabbiyning Braziliyadek afsonaviy jamoani boshqarayotgani quvonarli. Ishonchim komilki, bu kombinasiya juda ijobiy bo‘ladi,» – deya Enrikening so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/