Van der Sar «Arsenal» darvozaboni Rayyaning muammosini tilga oldi

«Manchester Yunayted»ning afsonaviy sobiq darvozaboni Edvin van der Sar Londonning «Arsenal» klubi darvozaboni David Rayyaning o‘yini haqida gapirdi.

Niderlandiyalik futbolchi ispaniyalikning «kanonirlar» safidagi o‘yinidan unchalik ta’sirlanmaganini tan oldi.

«Arsenal»da Rayyadan ko‘proq narsa kutyapman. U o‘z o‘yinini yaxshilashi kerak deb hisoblayman. Unda barcha kerakli fazilatlar bor, lekin muhim vaziyatlarda o‘zini yaxshiroq ko‘rsatishi kerak,» – deya van der Sarning so‘zlarini keltiradi ingliz OAV.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter